Kafe va restoranlar uchun kassa tizimi

Kassa, ombor va buyurtmalar — bitta dasturda

BeanTab zakaz olishdan tortib ombordagi har grammgacha hisobni o'z zimmasiga oladi. Kassa kompyuterda, ofitsiant telefonda, siz esa uyda turib ham hammasini ko'rasiz.

Dasturni yuklab olish
  • Windows kassa
  • Android ofitsiant
  • Telegram buyurtma
  • O'zbek tilida

Bitta tizim

To'rtta ekran — bitta baza

Kassada kiritilgan har bir zakaz bir zumda ofitsiant telefonida, oshxonada va sizning hisobotingizda ko'rinadi.

Kassa: stollar ekrani

Kassa

Windows kompyuter. Stollar, zakaz, to'lov va chek printeri.

Ofitsiant ilovasi: stollar

Ofitsiant

Android telefon. Zakazni stol yonida oladi — oshxonaga darhol boradi.

BeanTab Biznes: tushum va to'lov turlari

Egasi

BeanTab Biznes. Tushum va filiallar — telefoningizda, real vaqtda.

Telegram bot: restoran sahifasi

Mijoz

Telegram bot. Menyudan tanlaydi — buyurtma kassaga tushadi.

Imkoniyatlar

Kafe ishining hammasi — bir joyda

Zakazdan to'lovgacha, oshxonadan kassa topshirishgacha. Har kuni ishlatiladigan narsalar — ortiqchasiz.

Zakaz bir necha bosishda

Stol bosiladi — rasmli menyu ochiladi. Taom bir bosishda qo'shiladi; porsiya (½, ¾), izoh, stol ko'chirish va qidiruv ham bor.

Zakaz olish ekrani: rasmli menyu va stol zakazi

Oshxona ekrani

Yangi zakaz oshxona ekraniga va talon printeriga darhol tushadi. Tayyor bo'lsa — bitta bosish.

Har qanday to'lov

  • Naqd
  • Karta
  • Payme
  • Paynet
  • Nasiya

Bo'lib to'lash, chegirma va xizmat haqi — chekda alohida qator bo'lib chiqadi.

Variantlar

"Sut o'rniga bodom suti" — narx ham, ombordan yechiladigan masalliq ham o'zi o'zgaradi.

Smena va kassa topshirish

Kun oxirida kassadagi naqd pul sanaladi. Kam yoki ortiq bo'lsa — darhol ko'rinadi.

Xodimlar va ruxsatlar

Har bir xodim o'z paroli bilan kiradi. Pul va hisobotlar faqat egasiga ko'rinadi.

Mijozlar va nasiya

Qarzga olgan mijozlar daftari: kim, qancha va qachon to'ladi.

Hisobotlar

Kunlik, haftalik va oylik tushum, eng ko'p sotilgan taomlar, to'lov usullari, xarajatlar. Excel'ga bir bosishda.

Hisobot: oylik kirim, chiqim va dinamika

Telegram'ga xabar

Kun yakuni va kam qolgan mahsulotlar haqida xabar Telegram'ingizga keladi.

Ombor

Ombor — gramigacha aniq

Har bir sotilgan taom retsept bo'yicha ombordan o'zi yechiladi. Siz faqat kirimni kiritasiz — qolganini BeanTab hisoblaydi.

  1. Kirim hujjati

    Yetkazib beruvchi, qop va quti birligi. O'rtacha tannarx o'zi hisoblanadi.

  2. Retsept: netto va brutto

    Tozalashdagi chiqit foizi bilan. Har bir taomning aniq tannarxi.

  3. Avtomatik hisobdan chiqarish

    Chek yopilganda masalliq o'zi ayiriladi. Chek bekor qilinsa — qaytadi.

  4. Brak va reviziya

    Yaroqsiz mahsulot sababi bilan chiqariladi. Sanoqda kamomad darhol ko'rinadi.

  5. Yarim tayyor mahsulotlar

    Sous, xamir, kotlet — tayyorlov akti bilan, o'z tannarxi bilan.

  6. Bir nechta ombor

    Oshxona, bar, sklad — va ular orasida ko'chirish.

  7. Kam qolsa — xabar

    Minimal qoldiqni belgilaysiz, tugashidan oldin ogohlantirish keladi.

  8. ABC tahlil va marja

    Pul qaysi mahsulotga ketyapti va qaysi taom ko'proq foyda keltiradi.

Ombor: masalliqlar, qoldiq va qiymati

Onlayn buyurtma

Telegram orqali buyurtma — to'g'ri kassaga

Har bir restoranga o'z nomidagi Telegram bot. Mijoz menyudan tanlaydi, manzilni xaritada belgilaydi — buyurtma qog'ozsiz va qo'ng'iroqsiz kassangizga tushadi.

Bot: rasmli menyu
Bot: savat va xaritada manzil
Bot: buyurtma holati xabarlari
  • Yetkazib berish zonalari

    Masofaga qarab narx — mijoz xaritada nuqta tanlaydi, narx o'zi hisoblanadi.

  • Olib ketish

    Mijoz o'zi kelib oladi — "tayyor" bo'lganda xabar boradi.

  • Holat xabarlari

    Qabul qilindi, tayyor, yo'lda — mijoz qayta qo'ng'iroq qilmaydi.

  • Menyu kassadan

    Alohida menyu kiritilmaydi. Tugagan ichimlik botda ko'rinmaydi.

Egasi uchun

Kafengiz — cho'ntagingizda

BeanTab Biznes'da tushum, xarajat va filiallar real vaqtda ko'rinadi. Kafeda bo'lmasangiz ham — hammasi nazoratda.

  • Tushum va xarajat dinamikasi
  • To'lov turlari: naqd, karta, Payme, nasiya
  • Qaysi soat va qaysi kun eng band
  • Barcha filiallar bitta joyda
  • Xodimlar va kassa nazorati
Biznes'ni ochish
BeanTab Biznes: tushum dinamikasi
BeanTab Biznes telefonda

Narxlar

Kafengizga mos narx

Aniq narx kafe hajmi va filiallar soniga qarab kelishiladi. Quyida — boshlang'ich narxlar.

Oylik obuna

100 000 so'mdan / oy

Kichik kafe va restoranlar uchun

  • Har oy to'lanadi — katta to'lov kerak emas
  • Kassa, ofitsiant ilovasi, ombor va hisobotlar
  • Yangilanishlar avtomatik keladi
Narxni bilish
Bir martalik

Butunlay sotib olish

3 500 000 so'mdan

Dastur butunlay sizniki

  • Bir marta to'lanadi
  • Server xizmati alohida to'lanadi
  • Dastlabki 3 oy server — bepul
Kelishish

Telegram buyurtma

149 000 so'm / oy

Restoran nomidagi Telegram bot

  • 7 kun bepul sinov
  • Buyurtma to'g'ridan kassaga
  • Botni biz ulab beramiz
Ulashni so'rash

Narx bo'yicha murojaat qiling: +998 88 736 08 06 · @javlonbek_0806

Boshlash

Uch qadamda ishga tushiring

  1. 1

    Yuklab oling

    Kassa dasturini kompyuterga, ofitsiant ilovasini telefonlarga o'rnating.

  2. 2

    Ro'yxatdan o'ting

    Saytda yoki dasturda: ism, telefon va parol. Bepul sinov muddati beriladi.

  3. 3

    Menyuni kiriting

    Taomlar, narxlar va stollar — va birinchi zakazni qabul qiling.

Yuklab olish

Dasturni yuklab oling

Hammasi bepul yuklanadi. Ro'yxatdan o'tgan telefon raqamingiz va parolingiz bilan kirasiz.

BeanTab Kassa

Windows 10 / 11 · 64-bit

  • FaylBeanTab-Setup.zip
  • Hajmi44 MB
  • Versiya1.6
Windows uchun yuklab olish

Arxivni oching va Ornatish.bat faylini ikki marta bosing. Ish stolida BeanTab belgisi paydo bo'ladi.

BeanTab Ofitsiant

Android telefon va planshet

  • FaylBeanTab.apk
  • Hajmi61 MB
  • Versiya1.6
APK yuklab olish

O'rnatishda telefon "noma'lum manbalardan o'rnatish"ga ruxsat so'raydi — ruxsat bering.

BeanTab Biznes

Egasi uchun · brauzerda ochiladi

  • O'rnatishShart emas
  • QurilmaIstalgan telefon
  • FiliallarHammasi bir joyda
Biznes'ni ochish

Telefonda "Bosh ekranga qo'shish"ni bossangiz — ilova kabi ochiladi.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Javob topmadingizmi? Bizga yozing — tez javob beramiz.

Savol berish
Internet kerakmi?

Ha. BeanTab bulutda ishlaydi: kassa, ofitsiant telefonlari va sizning telefoningiz bitta bazaga ulanadi. Kafe Wi-Fi'si yoki oddiy mobil internet yetarli — hammasi bir tarmoqda bo'lishi shart emas.

Qanday kompyuter kerak?

Windows 10 yoki 11 o'rnatilgan oddiy kompyuter yoki noutbuk. Maxsus kassa apparati sotib olish shart emas.

Chek printeri bilan ishlaydimi?

Ha, USB chek printerlari qo'llab-quvvatlanadi. Ofitsiant telefonidan yuborilgan chek kassadagi printerdan chiqadi.

Ofitsiantlar telefonda ishlay oladimi?

Ha — Android ilova orqali. Har bir ofitsiant o'z telefon raqami va paroli bilan kiradi. Pul va hisobotlar ularga ko'rinmaydi.

Bir nechta filialim bor — bo'ladimi?

Bo'ladi. BeanTab Biznes'da barcha filiallaringiz tushumi va hisobotlari bitta joyda, telefoningizda ko'rinadi.

Sinov muddati bormi?

Bor. Ro'yxatdan o'tganingizda bepul sinov muddati beriladi. Telegram buyurtma xizmati uchun alohida 7 kunlik bepul sinov bor.

Narxi qancha?

Oylik obuna kichik kafelar uchun oyiga 100 000 so'mdan boshlanadi. Aniq narx kafe hajmi va filiallar soniga qarab kelishiladi — Telegram'da yozing yoki qo'ng'iroq qiling.

Dasturni butunlay sotib olsa bo'ladimi?

Bo'ladi. Bir martalik to'lov 3 500 000 so'mdan boshlanadi va dastur butunlay sizniki bo'ladi. Server xizmati alohida to'lanadi — dastlabki 3 oyi bepul.

Ombor hisobini yuritish majburiymi?

Yo'q. Ombor moduli ixtiyoriy: retsept kiritmasangiz, kassa oddiy savdo uchun ishlayveradi. Kerak bo'lganda istalgan payt yoqasiz.

Kafengizni bugundan tartibga soling

Ro'yxatdan o'ting, dasturni yuklab oling — sozlashda yordam beramiz.

Ro'yxatdan o'tish

BeanTab'ni bepul sinab ko'ring

Hisobingiz ochiladi — keyin dasturga shu telefon raqam va parol bilan kirasiz.

Ro'yxatdan o'tish bepul. Ma'lumotlaringiz faqat hisob ochish va xizmat ko'rsatish uchun ishlatiladi — maxfiylik siyosati.